AsosiyJamiyat

Buxoroda 38 ta yangi 3-4 yulduzli mehmonxona qurilmoqda

'Buxoroda 38 ta yangi 3-4 yulduzli mehmonxona qurilmoqda'ning rasmi

Buxoro viloyatida 3797 ta o`rinli 38 ta yangi 3-4 yulduzli mehmonxona qurilmoqda. Bu haqda "Xalq so`zi" xabar berdi.

Bunga parallel ravishda 1150 ta nomerga ega uchta mehmonxona rekonstruksiya qilinyapti.

Ulardan biri —1976 yildan foydalanishga topshirilgan «Zarafshon» mehmonxonasi hozirgi kunda butunlay yangi qiyofaga kirgan. Ta`mirlash ishlarining umumiy qiymati 80 milliard so`mni tashkil etgan bo`lsa, uning chorak qismi (20 milliard so`m) investisiya hisobiga amalga oshirilgan.

396 o`rinli yangilangan mehmonxona kelgusi yilning uchinchi choragida sayyohlar uchun eshiklarini qayta ochadi.

    Boshqa yangiliklar