AsosiyJamiyat

Pillachilik tarmog`i rivojlantiriladi

'Pillachilik tarmog`i rivojlantiriladi'ning rasmi

Respublikada pillachilik tarmog`ini jadal rivojlantirishni qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.

Qaror bilan:

  • 2019–2021 yillarda pillachilik tarmog`i tashkilotlari tomonidan tomorqa erlarida (aholi xonadonlarida) tut ko`chatlari ekishni va parranda boqishni tashkil etishning maqsadli prognoz parametrlari;
  • 2019–2021 yillarda pillachilik tarmog`i tashkilotlari tomonidan ipak qurtini parvarishlash inshootlarini qurishning maqsadli prognoz parametrlari tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, 2019 yildan boshlab “O`zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning pilla hosili uchun kontraktasiya shartnomalarida belgilangan miqdorlardan ortiqcha pilla topshirilganida, 5 kilogrammgachaortiqcha pilla hosili xarid narxiga nisbatan 15 foiz, 5 kilogrammdan yuqoribo`lgan qismiga – 25 foiz miqdorida ustama to`lash tizimi joriy etiladi.

Bundan tashqari, 2019–2021 yillarda ajratiladigan bank kreditlari foiz xarajatlarini qoplash uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasi hisobidan tijorat banklari tomonidan belgilangan kredit stavkasining 50 foizi, biroq 10 foizdan ortiq bo`lmagan miqdorda kompensasiya taqdim etishtartibi o`rnatiladi.

Shuningdek, qaror bilan “O`zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar 2023 yil 1 yanvarga qadar mol-mulk va er soliqlarini to`lashdan ozod etildi.

2019–2020 o`quv yilidan boshlab tarmoq tashkilotlari xodimlarini ixtisoslashgan oliy ta`lim muassasalaridagi “Ipakchilik va tutchilik” ta`lim yo`nalishi bo`yicha sirtqi bo`limlarga belgilanadigan qabul kvotalaridan tashqari to`lov-kontrakt asosida test sinovlarisiz qabul qilish tartibi joriy etiladi. Bunda oliy ta`lim muassasalariga qabul:

  • xodimning umumiy o`rta yoki o`rta maxsus, kasb-hunar ma`lumotiga va tarmoq tashkilotlarida kamida 3 yil amaliy ish stajiga ega bo`lishi;
  • kontrakt to`lovi tarmoq tashkiloti tomonidan kafolatlangan holda amalga oshirilishi va xodim – bitiruvchining o`qishni tamomlaganidan so`ng 5 yildavomida tarmoq tashkilotida ishlab berishi sharti bilan amalga oshiriladi.

Shuningdek, 2019 yildan boshlab har yili Xalqaro ipakchilik forumi va “Ipak va Moda” (“Silk & Fashion”) xalqaro ipakchilik ko`rgazmasi tashkil qilinadi.

    Boshqa yangiliklar