O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Oliy sud, Mudofaa vazirligi, Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita, Fuqarolarni o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini boshqarish bo`yicha respublika kengashi o`tkazgan tadbirda joriy yilning 10 oyida voyaga etmaganlar sodir etgan jinoyatlar o`tgan yilga nisbatan 426 taga kamaygani ma`lum qilindi.
Jinoyat turlaridan giyohvandlik 3 taga, nomusga tegish 12 taga, bezorilik 18 taga, bosqinchilik 24 taga, talonchilik 44 taga va o`g`rilik 252 taga kamaygan. Shuningdek, yoshlar sodir etgan jinoyatlar 30,4foizga, jinoyatlarda ishtirok etgan yoshlar soni 36 foizga kamaydi.
Ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning o`tgan davrida 39 ming 132 nafar shaxs jinoyat sodir etgan. Shundan 13 ming 423 nafari yoki 34,3 foizi voyaga etmaganlar va yoshlar hissasiga to`g`ri kelmoqda.
Bu ko`rsatkichni viloyatlar misolida ko`radigan bo`lsak, Farg`onada 34,5 foiz, Sirdaryoda 34,1 foiz, Qashqadaryoda 32,3 foiz, Toshkent viloyatida 36,4 foiz, Surxondaryoda 34 foiz va Toshkent shahrida 39,4 foizni tashkil etmoqda.






