9 dekabr kuni Moskva shahrida katta boks oqshomi tashkil qilinadi, deb xabar bermoqda Olamsport nashri.
Ushbu jang kechasida Rossiya terma jamoasi hamda Jahon terma jamoalari bokschilari to`qnash keladilar.
E`tiborlisi, jahon terma jamoasi safida o`zbekistonlik charm qo`lqop ustalari ham ringga ko`tariladilar. Shu kuni Hasanboy Do`smatov va Iqboljon Xoldorov jang olib boradilar. Janglar uch daqiqadan beshta raund davom etadi.
9 dekabr kuni ringda quyidagi juftliklar kuch sinashadilar:
-57 kg: Albert Batirgaziev (Rossiya) - Chatchai Budti (Tailand)
-69 kg: Shaxabas Maxmudov (Rossiya) - Iqboljon Xoldorov (O`zbekiston)
-75 kg: Gleb Bakshi (Rossiya) - Osli Iglesias Estrada (Kuba)
-63 kg:Aleksey Mazur (Rossiya) - Oganes Bachkov (Armaniston)
-81 kg: Imam Xataev (Rossiya) - Xulio Sezar de la Krus (Kuba)
-52 kg: Tamir Galanov (Rossiya) - Hasanboy Do`smatov (O`zbekiston)
+91 kg: Ivan Veryasov (Rossiya) - Karti Tomas (Irlandiya)
-91 kg: Muslim Gadjimagomedov (Rossiya) - Erislandi Savon (Kuba)







