AsosiyJamiyat

"Milliy" stadionining chimini yangilash harajatlari FIFA ajratadigan puldan qoplanadi

'"Milliy" stadionining chimini yangilash harajatlari FIFA ajratadigan puldan qoplanadi'ning rasmi

Shu kunlarda Toshkentda FIFA Forward dasturi bo`yicha seminar bo`lib o`tdi.

Seminar doirasida bir qator masalalar muhokama qilindi. Qatnashchilarga FIFA Forward dasturidan unumli foydalanish bo`yicha tegishli ko`rsatmalar berildi.

Seminar so`nggida FIFA vakillari Elia de Santis va Leonard Greter "Milliy" stadioniga tashrif buyurishdi. Ular yangi mavsum oldidan stadion chimini FIFA Forward dasturi orqali yangilash bo`yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida tegishli ko`rsatmalar berib o`tishdi.

Mazkur loyiha bo`yicha kelgusida "Milliy" stadionining chimini yangilash ishlari FIFA Forward dasturi orqali moliyalashtirilishi ko`zda tutilgan.

Shuningdek, FIFA vakillari "Milliy" stadion bilan yaqindan tanishib, faxriy mehmonlar kitobida o`z tilaklarini yozib qoldirishdi.

    Boshqa yangiliklar