Xitoyning 79 ta shahrida havo ifloslanishi xavfi ortib bormoqda, deya xabar bermoqda Rambler nashri.
Ba`zi hududlarda ko`rish 50 metrgacha kamaygan. Atmosferadagi zaharli moddalar konsentrasiyasi kamida ikki barobarga oshdi. Garchi zaharli tuman avvalgiga nisbatan kamroq bo`lsa-da, ushbu holat Pekin aholisini qattiq tashvishga solmoqda. Mamlakatning 5 ta shahrida xavfning qizil darajasi e`lon qilindi. Qolgan 73 ta shaharda esa xavfning sariq darajasi haqida ogohlantirilgan.






