AsosiyJinoyat

Ayollarni chet elga sotmoqchi bo`lgan ayol qo`lga olindi

'Ayollarni chet elga sotmoqchi bo`lgan ayol qo`lga olindi'ning rasmi

"Farg`ona" xalqaro aeroportida Sankt-Peterburgga yo`l olayotgan ikki nafar ayol huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan to`xtatildi, deb xabar berdi O`zA.

K. Kamolovaning qilmishlari haqida IIBga tegishli xabar kelib tushgan. Natijada, tezkor guruhning olib borilgan say`i harakatlari bilan ikki nafar ayol "odamfurush"lar to`ridan qutqarilgan.

Quva tumanilik K.Kamolova muqaddam bezorilik bilan uch bora sudlangan bo`lsa-da, undan tegishli xulosa chiqarmadi. Rossiya Federasiyasida ishlab yurgan paytida osongina pul topish yo`lini izlashga tushdi. Tanishi M.Egamberdieva bilan oldindan jinoiy til biriktirib, farg`onalik M.T va Z.T.larni moddiy jihatdan qiynalib yurganligini bilib, ular bilan telefon va internet orqali aloqada bo`ladi. Ularni Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahrida katta miqdorda pul ishlab topishi haqida aytib, aldaydi.

Albatta, ko`p pul topish haqidagi gaplar ikki ayolga tinchlik bermaydi va ular bu taklifga rozi bo`ladi. Buning uchun K.Kamolova ularga aviachipta ham sotib olib berdi. M.T va Z.T.larni Rossiya Federasiyasiga olib o`tib, ularni shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini olib qo`ygan holda, moddiy manfaat evaziga begona erkaklar bilan jinsiy aloqa qildirish orqali shahvoniy ekspluatasiya maqsadlarida foydalanish uchun K.Kamolovaga yuborayotgan vaqtida ushlangan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona shahar sudi tomonidan engil va nopok ishni ko`zlagan K.Kamolovaga tegishli jazo tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar