AsosiyJinoyat

"Avtomashina olaman" degan 73 nafar fuqaroni chuv tushirgan firibgarga hukm o`qildi

'"Avtomashina olaman" degan 73 nafar fuqaroni chuv tushirgan firibgarga hukm o`qildi'ning rasmi

Jinoyat ishlari bo`yicha So`x tumani sudining 2018 yil 3 dekabrdagi hukmiga ko`ra, Ilhom Telyabaev aldash va ishonchni suiste`mol qilish yo`li bilan juda ko`p miqdordagi o`zganing mulkini qo`lga kiritganlikda O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 168-moddasi 4-qismining “a” bandi bilan aybdor deb topilib, to`qqiz yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Sudning hukmiga ko`ra, I.Telyabaev “Farg`ona avto savdo” mas`uliyati cheklangan jamiyatida ombor mudiri vazifasida ishlab kelgani holda xizmat vazifalariga jamiyat tomonidan sotilayotgan avtomashinalar uchun to`lovlarni qabul qilish va avtomashinalar savdosi bilan shug`ullanish kirmasada oldindan jinoiy reja tuzgan. U asosan jabrlanuvchilar bilan shaxsiy yoki qarindosh-urug`lik munosabatlaridan foydalanib, ulardan naqd pul shaklida avtomashinalar uchun to`lovlarni qabul qilib olib, ayrimlariga avtomashina sotib olib berish, ayrimlariga foydasi bilan pullarini qaytarib berish orqali boshqa shaxslarning ishonchiga kirdi.

3434c1cc-ddfd-4ce6-bb34-d378eef2e89e.jpg 2017 yil iyul oyidan 2018 yil may oyiga qadar jami 71 nafar jabrlanuvchilarning 9 milliard 329 million so`mdan ortiq pullari va mulklarini takroran, aldash yoki ishonchni suiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish jinoyatlarini qasddan sodir etgan.

Ish bo`yicha 14 nafar jabrlanuvchilar tomonidan ularga etkazilgan 1 milliard 749 million so`m moddiy zarardan ixtiyoriy voz kechilgan bo`lib, qolgan jabrlanuvchilarga etkazilgan 7 milliard 579 million so`m moddiy zararni sudlanuvchidan undirish belgilandi.

debfead3-e70b-4504-ad3d-19c1e66d6ed1.jpg
Sud jinoyatlarni sodir etilishi sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan “O`zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga xususiy ajrim bilan munosabat bildirdi.

    Boshqa yangiliklar