Isroil polisiyasi mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va uning turmush o`rtog`iga nisbatan poraxo`rlik, firibgarlik korrupsiya bo`yicha ayblov e`lon qilishni tavsiya etdi, deb xabar qilmoqda Gazeta.ru nashri.
Xabarlarga ko`ra, hozirda polisiya tomonidan ayblovga etarli dalillar bazasi to`plangan. Netanyaxuga nisbatan ayblov yangiliklar sayti va telekommunikasiya kompaniyasi bo`yicha tergov doirasida e`lon qilinishi mumkin. Shu yilning oktyabrida Quddus sudi Isroil bosh vazirining turmush o`rtog`i Saraga nisbatan tovlamachilik bo`yicha ishni ko`rib chiqishni boshlagandi.






