Hindistoning shimoliy hududida kontrabandachilar ko`ldan 650 dan ortiq dengiz toshbaqalarini noqonuniy tarzda olib ketishga urinishgan, deya xabar qildi Lenta.ru nashri.
Bundan xabar topgan o`rmon xo`jaligi xodimlari va polisiya voqea joyiga etib borganida jonivorlar tashlab ketilgan edi. Jinoyatchilarning o`zi esa qochishga muvaffaq bo`lgan. Toshbaqalarning bor-yo`g`i 172 tasi tirik bo`lib, 482 tasi o`lik holda topilgan. Hindistonda toshbaqalarning noqonuniy savdosi va ularni mamlakatdan olib chiqish jinoyat hisoblanadi. Ushbu holatga nisbatan 3 yillik qamoq jazosi qo`llanilishi mumkin.






