Toshkent-Xiva yo`nalishida ilk elektropoezd yo`lga chiqdi, deya xabar bermoqda O`zA.
Prezidentimiz 2017 yil yanvar oyida Xorazm viloyatiga tashrifi chog`ida Urganchdan Xivagacha temir yo`l va Xiva shahrida zamonaviy vokzal barpo etish, bu yo`lda elektropoezdlar, kelgusida yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» tezyurar poezdi qatnovini yo`lga qo`yish lozimligini qayd etgan edi.
Shavkat Mirziyoev o`tgan haftada Xorazm viloyatiga tashrifi chog`ida «Xiva» temir yo`l vokzalining yangi binosi va bu erda yo`lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan edi.
Vokzal binosi Xorazm me`morchiligi namunalarini o`zida aks ettirib, unda zamonaviy VIP zal, ona va bola, tibbiyot xonalari mavjud. Vokzalda 35 ishchi bir vaqtning o`zida 200 yo`lovchiga xizmat ko`rsatadi. 20 o`rinli mehmonxona yurtdoshlarimiz va turistlarga qo`shimcha qulaylik yaratadi.







