AsosiyJamiyat

Farg`onadagi yong`inda xonajon egasining jasadi topildi

'Farg`onadagi yong`inda xonajon egasining jasadi topildi'ning rasmi

Farg`ona tumanida 2 dekabr soat 20:48larda “Cheksho`ra” MFYda yashovchi A.D.ning uyida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, ko`rilgan choralar natijasida yong`in soat 21:15da o`chirilgan.

Yong`in oqibatida uyning 20 kv.m. maydonida tom va ichki qismi yonib, zarar ko`rgan hamda yong`in o`chirish vaqtida A.D.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Jasad sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan.

Yong`in isitish pechiga tabiiy gazni rezina shlangda ulab, yoqib nazoratsiz qoldirishdan kelib chiqqanligi aniqlangan. Surishtiruvni prokuratura olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar