AsosiyJamiyat

"O`zbekenergo"AJ murojaatlarni Telegram orqali ham qabul qilishni boshladi

'"O`zbekenergo"AJ murojaatlarni Telegram orqali ham qabul qilishni boshladi'ning rasmi

Mamlakatimizning turli hududlaridagi aholidan elektr energiya bilan bog`liq ko`plab murojaatlar bo`lmoqda. Shuni hisobga olgan holda “O`zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati aholi bilan muloqotni yanada qulaylashtirish borasida izchil chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, elektr energiyasi bilan bog`liq muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, takliflarni izchil o`rganib, shu asosda tizimli ravishda chora-tadbirlar ko`rib borish maqsadida “O`zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati xalq bilan muloqot qilishni yanada osonlashtirdi. Endi aholi “telegram” messenjirida “O'zbekenergo” AJ bilan muloqot” kanali orqali o`z murojaatlarini “O`zbekenergo” AJga yo`llashlari mumkin.

Yo`llangan murojaatlar shaxsan jamiyat boshqaruvi raisi nazoratida o`rganib chiqilib, batafsil javob qaytariladi va tez fursatlarda o`z echimini topadi.

    Boshqa yangiliklar