AsosiySiyosat

O`zbekiston delegasiyasi ShHT forumida ishtirok etadi

'O`zbekiston delegasiyasi ShHT forumida ishtirok etadi'ning rasmi

2018-yilning 4-6-dekabr kunlari O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi Chelyabinsk shahrida (Rossiya) Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a`zo davlatlarning birinchi Hududlar forumida ishtirok etadi. Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, Hindiston, Pokiston, Qirg`iziston, Qozog`iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O`zbekistonning hudud rahbarlari hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishadi.

Delegasiyalar o`zaro manfaatli hamkorlikni yo`lga qo`yish uchun Chelyabinsk viloyatining salohiyati bilan ham tanishadilar.

    Boshqa yangiliklar