Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston hukumati yig`ilishiga velosipedda keldi, deya xabar bermoqda “Neytralniy Turkmenistan” nashri.
Berdimuhamedov “O`g`uzxon” saroyidan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasiga ertalab velosipedda yo`lga tushgan. Masofa bir necha yuz kilometrni tashkil etgan.
Turkmanboshining ta`kidlashicha, sport bilan doimiy shug`ullanish inson salomatligiga ijobiy ta`sir ko`satadi. Bu borada davlat rahbari turkmanistonliklarga ibrat ko`rsatmoqda.






