Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ma`lumotga ko`ra, ertaga, 2 dekabr kuni mamlakat bo`ylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi -5…-3, kunduzi +5…+7 daraja bo`ladi. Shamol tezligi 3-8m/sga etadi.
Farg`ona vodiysida havo kechasi -7…-2, kunduzi +3…+8 daraja bo`lishi kutilmoqda. 5-10 m/s tezlikda shamol esib, yog`ingarchilik kutilmaydi.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi -7…-2, kunduzi +3…+8 daraja bo`lib, havo o`zgarib turadi, 3-10 m/s tezlikda shamol esadi. Havo bulutli bo`lib, yog`ingarchilik kutilmaydi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi -8…-3, kunduzi +3…+8 daraja bo`ladi. Havo biroz bulutli bo`lib, shamol tezligi 3-8 m/sga etadi.
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi -3…+2, kunduzi +7…+12 darajagacha ko`tariladi. Shamol tezligi 3-8m/sga etadi. Havo biroz bulutli bo`lib, yog`ingarchilik kutilmaydi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi -10…-5, kunduzi -3…+2 daraja bo`ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sni tashkil etadi.
Qamchiq dovoni va Chimyonda kechasi -10…-5, kunduzi esa -5…0 daraja bo`ladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.






