AsosiyDunyo

Grigol Vashadze Gruziyada prezident saylovlari natijalarini tan olmadi

'Grigol Vashadze Gruziyada prezident saylovlari natijalarini tan olmadi 'ning rasmi

Gruziya prezidenti lavozimiga da`vogar muxolifat nomzod Grigol Vashadze Gruziyada o`tgan prezident saylovlari natijalarini tan olmasligini ta`kidlamoqda, deya xabar berdi TASS nashri.

Gruziya markaziy saylov komissiyasi 29 noyabrda mamlakatda o`tgan prezident saylovlarining 2-turi natijalarini e`lon qilgan edi. Unga ko`ra, mustaqil nomzod Salome Zurabishvili deyarli 60 foiz ovoz bilan saylovlarda g`alaba qozongan, Vashadze esa deyarli 40 foiz ovoz bilan o`z raqibidan ortda qoldi. Shundan so`ng Vashadze va uning tarafdorlari “natijalarni tan olmaymiz. Bizda prezident yo`q, o`tgan saylovlar “jinoiy maynabozchilik” dan boshqa narsa emas”, deyishmoqda.

    Boshqa yangiliklar