AsosiyJamiyat

O`zbekiston Mudofaa vazirligi qo`shinlari shartli dushmanni yo`q qildi

'O`zbekiston Mudofaa vazirligi qo`shinlari shartli dushmanni yo`q qildi'ning rasmi

26 noyabr kuni boshlangan Mudofaa vazirligi qo`shinlarini qo`qqisdan majmuaviy tekshirishning uchinchi bosqichida harbiy okruglarning birlashgan guruhlari mamlakat hududini himoya qilish bo`yicha o`quv-jangovar vazifalarni bajardi.

Kun davomida qo`shinlar alohida yo`nalishdagi mudofaa chizig`ini kengaytirish maqsadida mamlakat hududiga kirgan shartli noqonuniy kuch tuzilmalari va qo`poruvchi guruhlarni qidirish hamda yo`q qilish bo`yicha kompleks amaliy mashg`ulotlarda qatnashdi. Barcha mashg`ulotlar, o`quv joylari real jang sharoitiga yaqinlashtirilgan holda olib borilib, ko`nikmalar mustahkamlandi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko`ra, maxsus taktik o`quvlar “Termez”, “Sho`rsu”, “Kattaqo`rg`on”, “Nukus” hamda “Forish” poligonlarida shiddat bilan o`tkazildi.

Bundan tashqari, tekshiruv rejasiga ko`ra, Mudofaa vazirligining razvedka, maxsus va desant-shturm bo`linmalari shaxsiy tarkibi harbiy-transport aviasiyasiga qarashli samolyotlar, shturm va qo`nish imkoniyatiga ega Harbiy havo kuchlari vertolyotlari yordamida turli modifikasiyali parshyutlardan foydalangan holda desantlashtirishni amalga oshirdi. Shartli qurolli kuch tuzilmalarini yo`q qilish bo`yicha o`tkazilgan barcha tadbirlar belgilangan muddat ichida muvaffaqiyatli yakunlandi.

Taktik harakatlarning to`rtinchi kuni yakunida qo`shinlarning yuqori jangovar tayyorgarligi, bo`linmalarning uyushqoqligi va belgilangan vazifalarni bajarishga shay ekganligi namoyon bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar