Avstraliyaning Sidney shahrida davom etayotgan yog`ingarchilik tufayli xalqaro aeroportda o`nlab reyslar bekor qilindi, deya xabar qildi The Daily Mail nashri.
Ichki va tashqi parvozlar vaqtinchalik qoldirilgani sabab odamlar aeroportda qolishga majbur bo`lishmoqda. Momoqaldiroq va chaqmoq ham anchagina muammolarga sabab bo`lmoqda. Ayrim hududlarda chaqmoq tufayli elektr ta`minotida jiddiy talofatlar bor. Daraxt qulashi natijasida mashinada bo`lgan 2 nafar polisiyachi jiddiy jarohat olib, kasalxonaga etkazildi.






