AsosiyJamiyat

Urganchda 60 metr balandlikda davlat bayrog`i o`rnatildi (foto)

'Urganchda 60 metr balandlikda davlat bayrog`i o`rnatildi (foto)'ning rasmi

Xorazm viloyatining Urganch shahri markazida joylashgan Amir Temur nomidagi istirohat bog`ida 60 metr balandlikda O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`i o`rnatildi.

Mamlakat g`ururi va iftixori – Davlat bayrog`i o`rnatilgan ushbu maydonga tashrif buyurgan har bir vatandoshimizga o`zgacha kayfiyat bag`ishlashiga shubha yo`q. Qolaversa, yoshlarning vatanparvar, yurtga sadoqatli, komil inson bo`lib voyaga etishlariga ushbu salobatli bayroqning hissasi katta bo`ladi, albatta.

Zero, har bir fuqaro ongu shuuriga Vatanimiz ramzlariga nisbatan chuqur hurmat tuyg`ularini singdirish, umummilliy va ehtirom timsollaridan biri bo`lgan bayroqni ulug`lash va ardoqlash barchamizning muqaddas burchimizdir.

2.jpg

5.jpg

    Boshqa yangiliklar