Poytaxtimizdagi “O`zekspomarkaz” milliy ko`rgazmalar markazida birinchi “Made in Uzbekistan” eksport ko`rgazmasiga 27 noyabr kuni start berildi.
Ko`rgazma 30 noyabrgacha davom etadi. Unda 150 dan ortiq mahalliy korxonalar tekstil, charm-poyabzal mahsulotlari, gilamlar, meva-sabzavotlar, elektronika va kabel mahsulotlari, avtomobil va qishloq xo`jaligi texnikasi, metallurgiya, neft-kimyo va boshqa turdagi tayyor mahsulotlarning namoyishi ko`zda tutilgan.

Nufuzli ko`rgazmaga Evropa, Markaziy Osiyo, Rossiya, AQSh, Ukraina, Afg`oniston, BAA, Xitoy va boshqa davlatlardan mingdan ortiq xorijiy korxonalar, yurtimizning tashqi iqtisodiy hamkor tashkilotlari vakillari taklif etilgan.

“O`zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi kishloq xo`jalik texnika va agregatlari ishlab chiqaruvchi zavodlar ham mazkur ko`rgazmaga o`z mahsulotlari bilan faol ishtirok etishmoqda.






