AsosiyJamiyat

Aholidan erlar qanday hollarda olib qo`yilishi mumkin?

'Aholidan erlar qanday hollarda olib qo`yilishi mumkin?'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Qonunchiligida Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkalarini olib qo`yishning aniq mezonlari belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Xususan, erlar endilikda quyidagi maqsadlarda olib qo`yilishi mumkin:

  • mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ularning faoliyat yuritishi uchun erlarni taqdim etish;
  • xalqaro shartnomalardagi majburiyatlarni bajarish;
  • foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish;
  • avtomobil va temir yo`llari, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigasiya ob`ektlari va aviatexnika markazlari, temir yo`l transporti ob`ektlari, ko`priklar, metropolitenlar, tonnellar, energetika tizimi ob`ektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat ob`ektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikasiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish);
  • aholi punktlari bosh rejalarini Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan ob`ektlar qurish qismida ijro etish hollarida.

Qarorga ko`ra, endilikda erlar olib qo`yilganda, u erdagi binolarni buzishdan oldin mulkdorga etkazilgan zarar to`liq qoplanishi lozim. Faqatgina shundan keyin binoni buzish mumkin bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar