AsosiyJamiyat

“O`zbekiston” noshirlari Agentlik kubogi uchun tayyorgarlikni boshlab yuborishdi

'“O`zbekiston” noshirlari Agentlik kubogi uchun tayyorgarlikni boshlab yuborishdi'ning rasmi

Avvalroq O`zbekiston Matbuot axborot agentligi Matbuot xizmati xabar qilganidek, joriy yilning 1-5 dekabr kunlari O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 26 yilligi munosabati bilan O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan O`zbekiston futbol assosiasiyasi ko`magida Agentlik kubogi uchun mini-futbol musobaqasi o`tkaziladi.

Shu munosabat bilan, Agentlik tizimidagi “O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyining mini-futbol bo`yicha terma jamoasi musobaqa tayyorgarlik jarayonlarini allaqachon boshlab yuborgan.

Ushbu kubokni o`tkazishdan asosiy maqsad bugungi kunda respublikamizdagi turli tashkilotlarda, ayniqsa, yosh kadrlar o`rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ`ib qilish, ularni sportga jalb etish, xususan, matbuot va matbaa sohasidagi xodimlarining jamoaviy sport bilan shug`ullanishni odat qilishga ko`niktirishdir.

Mazkur musobaqaning rasmiy ochilish marosimi 2018 yilning 1 dekabr kuni soat 10:00da bo`lib o`tishi belgilangan.

Allaqachon ushbu kubok uchun qur`a tashlash jarayoni bo`lib o`tib, unga ko`ra, “V” guruhidagi “O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyining mini-futbol bo`yicha terma jamoasi birinchi matchni “Uzreport” telekanali terma jamoasiga qarshi o`ynaydi.

Eslatib o`tamiz, musobaqaning birinchi o`rinni 1-o`rinni egallagan jamoa a`zolarining har biriga kitoblar jamlanmasi, musobaqa kubogi hamda jamoaga 10 million so`m pul mablag`i ajratilgan. Yana shuni ham alohida ta`kidlab o`tish lozimki, “O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi rahbariyati basharti nashriyot terma jamoasi birinchilikni qo`lga kiritgan taqdirda jamoaning har bir o`yinchisiga oylik maoshning to`rt barobari miqdorida pul mukofoti ham va`da qilgan.

Bundan tashqari, “Inson va qonun” gazetasi bosh muharriri Qo`chqor Norqobil mazkur musobaqada eng ko`p to`p kiritgan o`yinchiga o`zining maxsus sovrini borligini e`lon qildi.

Nima ham derdik, olg`a “O`zbekiston” noshirlari!

O`zMAA “O`zbekiston” NMIU

Matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar