O`zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangriev boshqa ishga o`tishi munosabati bilan o`z lavozimidan ozod etildi, deya xabar berdi «Xabar.uz».
Laziz Tangriev shu vaqtgacha «O`zbekiston» va G`afur G`ulom nomidagi nashriyot uylarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan, O`zMAA rahbari lavozimiga 2017 yilning iyul oyida tayinlangan edi.
Hozirda agentlikning yangi rahbari kim bo`lishi haqida ma`lum qilinmagan.






