Kecha, 27 noyabr kuni taxminan soat 16:45 da metroning "Yugo-Zapadnaya" bekatida O`zbekiston fuqarosi relsga tushib ketgan. Bu haqda Moskva metropoliteni IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea joyiga birinchi bo`lib etib kelgan polisiya xodimlari tez yordam chaqirgan, lekin yo`lovchi olgan jarohatlaridan vafot etgan. Keyin ma`lum bo`lishicha u 25 yoshli O`zbekiston fuqarosi bo`lgan.
Ayni damda huquqni muhofaza qilish organlari ushbu ish yuzasidan tekshiruv o`tkazmoqda. Ular guvohlarni so`roq qilish va kuzatuv kameralari yozuvlarini o`rganib chiqishmoqda.
Holat yuz berganda metroning "Prospekt Vernadskogo", "Rumyansevo", "Salarevo" va "Yugo-Zapadnaya" bekatlarida harakat bir soat davomida yopib qo`yilgan.






