AQShning Missuri va Michigan shtatlarida kuchli qor bo`roni sabab aeroportlarda minglab reyslar bekor qilindi, deb xabar bermoqda News.day.az nashri.
Birgina Chikago shahrining o`zida 900 ta parvoz noma`lum muddatga qoldirilgan. Ushbu holat tufayli ko`p sonli amerikaliklar bir necha kun aeroportlarda qolishga majbur bo`lishmoqda. Meteorologiya xizmati bergan ma`lumlotlarga qaraganda, qorning qalinligi 15 sm.ga etgan.






