AsosiyJamiyat

Dvigatelga qush tushganligi bois samolyot Istanbuldan Toshkentga ucha olmadi

'Dvigatelga qush tushganligi bois samolyot Istanbuldan Toshkentga ucha olmadi'ning rasmi

Bugun, 27 noyabr kuni "O`zbekiston havo yo`llari" MAKga qarashli Boing 767 samolyoti Istanbuldan Toshkentga parvozni o`z vaqtida amalga oshira olmadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Toshkent-Istanbul yo`nalishida HY271 reys soat 12:30 daqiqada parvoz qilishi kerak edi, ammo tekshirish chog`ida motorga qush kirib qolganligi va ventilyatorning ikki parragi zarar ko`rgani aniqlangan.

Qush Toshkentdan Istanbulga ertalabki parvoz chog`ida tushib qolgan bo`lishi mumkin.

Aviakompaniyada samolyotni ta`mirlash uchun uskuna va zaxira qismlar Istanbuga Toshkentdan kechki reys bilan yuborilishi ma`lum qilindi. Uskunalar etib kelgach, samolyot qisqa vaqtda yana ishga tushiriladi. Yo`lovchilar mehmonxonaga joylashtirildi.

Milliy aviakompaniya ushbu holat uchun yo`lovchilardan uzr so`radi.

    Boshqa yangiliklar