Birlashgan Millatlar Tashkilotining sakkizinchi Bosh Kotibi Pan Gi Mun mamlakatimizga tashrif bilan bo`lib turibdi.
Tashrif doirasida BMT sobiq Bosh Kotibi Pan Gi Mun O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ko`p yillar faoliyat olib borgan Oqsaroy qarorgohida bo`ldi, deb xabar bermoqda O`zA.
Bu erda O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy yodgorlik majmuasi joylashgan.
Delegasiya a`zolariga majmua faoliyati, bu erda olib borilgan bunyodkorlik ishlari haqida so`zlab berildi.
Pan Gi Mun O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo`ydi.
Buyuk davlat arbobi, mustaqilligimiz asoschisining yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.








