Joriy yilning 22 noyabr kunidan 26 noyabr kunigacha bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxs Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi B.T.ning uyi eshigini ochib kirib, xonasidan 1 100 AQSh dollari va umumiy qiymati 15 mln. so`mlik zargarlik buyumlarini o`g`irlab ketgan.
Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yunusobod tumanida yashovchi Sh.S. (ismli ayol) sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






