AsosiyJamiyat

​Markaziy Osiyoda suvdan foydalanish masalalari muhokamasiga bag`ishlangan forum davom etmoqda

'​Markaziy Osiyoda suvdan foydalanish masalalari muhokamasiga bag`ishlangan forum davom etmoqda'ning rasmi

Qirg`izistonning Bishkek shahrida Maraziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi (MOMEM)hamda YuSAID hamkorligda Smart Waters (“Suv. Ta`lim. Hamkorlik”) mavzusida xalqaro forum davom etmoqda.

Bir qator xalqaro tashkilotlar,O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Turkmaniston, Tojikiston vaAfg`onistondan mutaxassislar, tegishli idora va tashkilotlar vakillariqatnashayotgan ushbu anjumandasuv resurslaridan foydalanish bo`yicha hamkorlik masalalari atroflicha muhokama etilmoqda.

“Suv havzalari boshqarmalari ishining institusional asoslari” mavzusidagi birinchi sessiyasida O`zbekiston Respublikasi Suv xo`jaligi vazirligi sektor boshlig`i Zokir Eshpo`latov ham ma`ruza qilib, mamlakatimizda suvdan foydalanishning o`ziga xos jihatlariga e`tibor qaratdi.

Mamlakatimizda suv va suvdan foydalanishning muhim qonuniy asoslariishlab chiqilgan, – dedi Z.Eshpo`latov. – Suvdan foydalanish bo`yicha davlat boshqaruvi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvining joylardagi vakolatli organlari va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Suv xo`jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o`rni va hamiyatini hisobga olgan holda, joryi yil fevral oyida mamlakatimizda alohida Suv xo`jaligi vazirligi tashkil etildi. Suvdan oqilona foydalanish maqsadida joylarda 13 ta havza boshqarmasi tashkil etilgan. Ayni paytda yurtimizda suvdan tejamkorona foydalanishni ilm-fanning yangi yutuqlarini joriy etish, innovasion texnologiyalardan foydalanish, investiiyalar olib kirish borasida samaraliishlar amalga oshirilmoqda. O`ylaymanki, mazkur forumda qatnashayotgan bizning vakillarimiz uchun ham foydadan xoli bo`lmaydi.

Forumda O`zbekiston hududidan oqib o`tuvchi kichik transchegaraviy daryolar – Podsho-ota (Namangan viloyati) hamda Yomonjar (Buxoro viloyati) suv havzalari haqida ma`lumotlar taqdim etildi.

Rustam Jabborov,

"Darakchi" uchun maxsus Bishkek shahridan

    Boshqa yangiliklar