Ijtimoiy tarmoqlarda "Barcha fuqarolar diqqatiga! Shoshilinch xabar! Ichki ishlar vazirligi quyidagi bayonotni e`lon qiladi" deb boshlanib, tarqatilgan e`lon O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlanmaganligini ma`lum qilamiz, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Hozirgi kunda soxta e`lon tarqatish bilan shug`ullangan ijtimoiy manbalarni aniqlash yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, "Hurmatli fuqarolar! Turli ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan soxta ma`lumotlarga ishonmang. Aniq va to`g`ri ma`lumotlarni faqat rasmiy manbalardan olishingiz mumkin", - deya ogohlantirilgan xabarda.






