Indoneziyaning Sulavesi orolida qirg`oqqa o`lik kit chiqib qolgan, deya xabar bermoqda Euronews.com nashri.
Mutaxassislar o`tkazgan tekshiruvlarga ko`ra, jonivorning oshqozonida plastik chiqindilar borligi aniqlangan. Olingan xabarlarga qaraganda, kit 115 ta plastmasa stakan, 25 ta sumka, neylon salafan va yana boshqa 1000 dan ortiq buyumlarni yutib yuborgan. BMT bergan ma`lumotlarga ko`ra, har yili okeanga 10 million tonna chiqindilar tashlanadi. Bu esa jonivorlavrning fojiali o`limiga olib kelmoqda.






