Ispaniyaning Tarras shahri yaqinida yo`lovchi tashuvchi poezd halokatga uchradi, deb xabar berdi TASS nashri.
Poezdning bir necha vagoni temiryo`l relsidan chiqib ketgan. Unda jami 130 nafar yo`lovchi bo`lib, hodisa natijasida 1 kishi hayotdan ko`z yumdi. Bundan tashqari, yana 41 kishi turli darajada jarohat olgan. Voqea joyida tez yordam, o`t o`chiruvchilar va polisiya ish olib bormoqda.






