AsosiyJamiyat

Navoiyda piyodani umriga zomin bo`lgan haydovchi aniqlanib ushlandi

'Navoiyda piyodani umriga zomin bo`lgan haydovchi aniqlanib ushlandi'ning rasmi

Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida 13 noyabr kuni 4-mikrorayonda yashovchi A.X. boshqaruvidagi "Neksiya" rusumli avtomashinasini Marvarid ko`chasida haydab ketayotib, piyoda T.P.(ismli ayol)ni urib yuborgan.

Natijada T.P. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 22 noyabr kuni vafot etgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar