AsosiyDunyo

Yaponiyada ishxona va restoranlarga farrosh-robot ijaraga beriladi

'Yaponiyada ishxona va restoranlarga farrosh-robot ijaraga beriladi'ning rasmi

Yaponiyaning “Softbank Robotics“ kompaniyasi sun`iy intellektli farrosh-robotning taqdimotini o`tkazdi. Kelgusi yildan boshlab bu robot ishxona va restoranlarga ijaraga beriladi.

Kompaniyaning ma`lum qilishicha, mamlakatdagi xizmat ko`rsatishning bu sohasiga oid eski muammoga echim topish maqsadida bu robot ishlab chiqarildi.

“Kiodo Susin” agentligi xabariga ko`ra, 65 santimetrli bu robot 32 kilogramm vaznga ega bo`lib, o`z xizmat doirasi yo`nalishlarini yodida tutadi va to`xtovsiz uch soat ishlashi mumkin. Robotni 200 dollar to`lab bir oyga ijaraga olish mumkin bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar