AsosiyDunyo

Qozog`istonda yana YTH: ichida 36 nafar o`zbekistonlik bo`lgan avtobus ag`darilib ketdi​

'Qozog`istonda yana YTH: ichida 36 nafar o`zbekistonlik bo`lgan avtobus ag`darilib ketdi​'ning rasmi

Kecha, 22 noyabr kuni Qozog`istonning Chimkent–Samara trassasida Aralsk shahridan 40 km masofada Chimkent–Novosibirsk yo`nalishidagi avtobus ag`darilib ketdi, deb xabar bermoqda tengrinews.kz.

Avtobus salonida 36 kishi bo`lgan, ikkita haydovchi Qozog`iston fuqarolari, 36 ta yo`lovchi esa O`zbekiston fuqarolari. Yo`lovchilar Rossiyadan O`zbekistonga qaytayotgan bo`lishgan.

Voqea joyiga jarohatlanganlarga yordam ko`rsatish maqsadida Aralsk tuman hokimiyati va tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari etib kelgan.

Qizilo`rda viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i Akmaral Alnazarovaning ma`lum qilishicha, ikki kishi kasalxonaga yotqizilgan, ularning hayotiga hech narsa xavf solmayapti, bir nafar yo`lovchi olgan jarohatlari natijasida kasalxonada vafot etgan.

Aralsk tuman hokimiyati 17 nafar yo`lovchini trassa yaqinidagi mehmonxonaga joylashtirishgan. Qolgan yo`lovchilar esa o`zlari Novosibirskka qaytib ketishgan.

    Boshqa yangiliklar