AsosiyJamiyat

«GM Uzbekistan» avtomobilni bronlash muddatini qisqartirdi

'«GM Uzbekistan» avtomobilni bronlash muddatini qisqartirdi'ning rasmi

«GM Uzbekistan» dilerda mavjud avtomobillarni bronlash (band qilish) muddatlari bir kungacha qisqarayotganini ma`lum qildi.

Endilikda «Uzavtosavdo» platformasi orqali avtomobilni bron qilgan mijoz 24 soat davomida uni xarid qilish uchun shartnoma imzolashi va/yoki to`lovni amalga oshirishi lozim bo`ladi.

Uzavtosavdo.uz platformasini optimallashtirish dilerlik markazlarida avtomobil xaridi jarayonida yuzaga kelayotgan soxta arizalardan tozalash maqsadida amalga oshirilmoqda. Avtomobil broni 1 kun saqlanadi. Ushbu muddat tugagach, tanlangan avtomobil brondan olinadi.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning 7 noyabr kuni «GM Uzbekistan» avtomobillarini onlayn rejimda xarid qilish uchun O`zbekistonda birinchi to`liq avtomatlashtirilgan «Uzavtosavdo» internet va mobil platformasi ishga tushirgandi. Yangi platforma orqali xaridor mustaqil ravishda avtomobil modeli, modifikasiyasi, rangi va hatto dilerlik markazini tanlashi hamda avtomobil uchun to`liq yoki qisman to`lovni amalga oshirishi mumkin.

Buning uchun Uzavtosavdo ilovasini yuklab olish, Yagona identifikasiya tizimida (One ID) ro`yxatdan o`tish kifoya. Elektron raqamli imzo (ERI) bo`lgan taqdirda avtomobilni ilova orqali xorijda turib ham xarid qilish mumkin.

    Boshqa yangiliklar