2018 yil 22 noyabr kuni soat 10:00dan 18:00gacha, «Toshkent HETK» AJning 110 kVt L-6-O havo elektr tarmog`idagi 3-sonli tayanchi avariyasini ta`mirlash maqsadida 10-Issiqlik markaziga kelayotgan yuqori kuchlanishli elektr tarmog`i o`chirilishi rejalashtirilmoqda.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko`ra, ushbu 10-Issiqlik markazi o`chirilishi natijasida Shayxontohur tumani Ibn-Sino va Jarariq mavzelarida hamda Olmazor tumanining Qora-qamish 2/4, 2/3, Tansiqboev-1, 2, 3, 4, Shifokorlar, TashGU-PI, Olimpiya, Chimboy mavzelarida va Talabalar shaharchasida issiqlik energiyasi va issiq suv ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.






