AsosiyDunyo

Kim Chen-Yan Interpolning prezidenti etib saylandi

'Kim Chen-Yan Interpolning prezidenti etib saylandi'ning rasmi

Xalqaro polisiya ma`lumotlariga ko`ra, Janubiy Koreyalik Kim Chen-Yan Interpolning yangi prezidenti etib saylandi.

Chen-Yan shu yilning sentyabr oyida g`oyib bo`lgan va keyinroq Xitoyda hibsga olinganligi ma`lum qilingan sobiq Interpol prezidenti Men Xunveyning o`rnida vaqtinchalik prezident vazifasini o`tab kelayotgan edi. Bugun Dubayda bo`lib o`tgan kongressda Kim Chen-Yan ikki yil muddatga Interpol prezidenti etib saylandi.

«Bugun bizning dunyomizda misli ko`rilmagan o`zgarishlar sodir bo`lmoqda, unda jamoat xavfsizligi va tinchligini saqlashda katta qiyinchiliklarga duch kelinayotgani sir emas. Biz bu muammolarni bartaraf etishimiz shart», degan Kim Chen-Yan Interpolning Bosh assambleyasida.

57 yoshli Kim Chen-Yan 20 yil davomida Janubiy Koreya polisiyasida faoliyat yuritgan va 2015 yili nafaqaga chiqqan.

    Boshqa yangiliklar