Bolgariya poytaxti Sofiya va mamlakatning bir qator shaharlari ayni kunlarda qalin qor bilan qoplangan, deya xabar bermoqda Layf nashri.
Ikki kundan beri yog`ayotgan qorning qalinligi ayrim hududlarda 30 sm.ga etgan. Ob-havoning keskin tushib ketishi ko`plab muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan, respublikaning ba`zi viloyatlari elekr energiyasidan uzilib qolgan. Shaharlararo transport qatnovi yomonlashgani xabar qilinmoqda.






