AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida ichki ishlar xodimiga pichoq bilan hujum qilindi

'Toshkent viloyatida ichki ishlar xodimiga pichoq bilan hujum qilindi 'ning rasmi

16 noyabr kuni Toshkent tumani Keles shahrida yashovchi N.D. ismli ayol o`zi ishlayotgan «Maximal-Market» do`konida fuqaro B.A. bilan o`zaro janjallashgan.

Janjal vaqtida do`konga xarid uchun kirgan Toshkent tumani IIB xodimi leytenant S.M. ularni ajratmoqchi bo`lganida fuqaro B.A. pichoq bilan xodimga jarohat etkazgan.

O`zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, leytenant S.M.ga kasalxonada tibbiy yordam ko`rsatilgan. B.A. esa qo`lga olingan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar