Dastaval, 5000 mingga yaqin yoshlar qo`llariga yoshlar ittifoqi bayroqlari hamda yurtimiz bayrog`ini faxr va iftixor bilan ko`chalar bo`ylab, qo`llariga mahkam tutib kirib kelishdi.
Marafon davomida milliy gvardiya tomonidan parad tashkil qilinib, bugun Farg`ona ko`chalari bo`ylab mustaqilligimiz, hurligimiz aks etgan bayroqlar hilpiradi.
Tadbirda velo marafon, yugurish marafoni ham bo`lib o`tdi.
Marafonda faol ishtirok etgan Ahror Mahmudaliev, Fotimaxon Obitjonova, Sitora Qurbonova Zarnigor Yusufjonovalarga Yoshlar ittifoqi hamda milliy gvardiya tomodan faxriy yorliq va estalil sovg`alari berildi.
Tadbirda milliy gvardiya hodimlari tomomidan harbiy ko`rinishlar amalga oshirildi.
Bu esa albatta yoshlarimizning Vatanga sadoqat bilan yashashlari va mustaqilligimizning naqadar buyuk ne`mat ekanligini anglashga katta yordam beradi.
Shuningdek tadbirda xalqimizning sevimli san`atkorlari ham ishtirok etdi.






