Bugun Mamadali Mahmudov O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zoligiga qayta tiklandi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Adabiy taxallusi Evril Turon bo`lgan Mamadali Mahmudov 2016 yil fevral oyida Uyushma a`zoligidan chiqarilgan edi.
Shuningdek, Yozuvchilar uyushmasiga yana 40 nafar ijodkor qayta a`zolik uchun ariza topshirgan.
Mamadali Mahmudov hayoti va ijodi murakkab kechgan adiblardan biridir. Asarlarida o`zbek xalqining milliy ozodlik kurashlarini qalamga olgan.
1999 yil fevral voqealaridan so`ng yozuvchi qamoqqa olinib, 13 yil qamoqda o`tirgan.
Evril Turon o`zining “Bog`don qashqiri”, "O`lmas qoyalar" kabi asarlari bilan tanilgan.






