Zimbabveda 42 nafar yo`lovchisi bo`lgan avtobus halokatga uchradi. Mahalliy polisiyaning xabar qilishicha halokatga avtobusda o`rnatilgan gaz ballonining portlashi sabab bo`lgan.
Voqea payshanba kuni kechqurun Gvanda tumanida, Zimbabvening poytaxti Harare shahridan 550 km. janubda sodir bo`lgan.
Polisiyaga ko`ra, avtobusda bo`lgan 42 nafar yo`lovchining barchasi halok bo`lgan.
16.11.2018 10:30
Avtobus halokati oqibatida 40 dan ortiq kishi vafot etdi






