AsosiyDunyo

AQSh va Meksikaga muhojirlar karvoni yopirilmoqda

'AQSh va Meksikaga muhojirlar karvoni yopirilmoqda 'ning rasmi

Markaziy Amerika mamlakatlaridan AQSh tomon harakatlanayotgan migrantlar karvoni AQSh va Meksika chegarasiga etib keldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

O`nlab muhojirlar Tixuanadagi chegara to`sig`i ustiga chiqib olishgan. Ulardan biri AQSh tomonga sakrab tushgan, biroq ko`p o`tmay orqasiga qaytgan. Muhojirlarning bu hatti-harakatlari ortidan AQSh chegara xizmati zobitlari kuzatib turishgan. AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatga noqonuniy muhojirlar kirishiga yo`l qo`ymaslik uchun Meksika bilan chegarada 15 mingga yaqin harbiy joylashtirganini ma`lum qilgan edi. Hozirda 350 odamdan iborat ilk guruh chegara to`sig`i oldida turibdi.

    Boshqa yangiliklar