Joriy yilning 14 noyabr sanasida Toshkent viloyati IIB YHX boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan reydda Bekobod shahrida 10 nafar, Yuqorichirchiq tumanida 8 nafar haydovchining yo`lovchilarni lisenziyasiz tashiyotgani aniqlangan. Ularga nisbatan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ulovlari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Yuqorichirchiq tumanida haydovchi A.X. boshqaruvidagi “Damas” rusumli transport vositasi to`xtatilganda, haydovchi tegishli hujjatlarni taqdim qilmasdan, xodimlarning xizmat faoliyatini davom ettirishga qarshilik ko`rsatgan. Oqibatda Yuqorichirchiq tuman ma`muriy ishlar bo`yicha sudi tomonidan haydovchi A.X.ga nisbatan 5 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.
O`z o`rnida, Toshkent viloyati IIB YHX boshqarmasi yo`lovchilarni lisenziyasiz tashish qonunga xilof ekanligini eslatib o`tib, hamkorlikdagi qo`shma reydlar viloyat hududida davom ettirilayotganini ma`lum qiladi.






