AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroportini ko`zdan kechirdi

'Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroportini ko`zdan kechirdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 noyabr kuni Nukus shahriga tashrif buyurib, dastlab Nukus xalqaro aeroportida amalga oshirilgan modernizasiya ishlarini ko`zdan kechirdi, deb xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil yanvar oyidagi tashrifi chog`ida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida bu erda qariyb 80 milliard so`mlik ishlar bajarilgan. Aeroport binosi rekonstruksiya qilinib, terminal kengaytirilgan, zamonaviy jihozlangan.

Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroporti Qoraqalpog`istonni iqtisodiy rivojlantirish, biznes aloqalarni kengaytirish, turistlar oqimini ko`paytirishga xizmat qilishini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar