AsosiyDunyo

Saudiya Arabistoni kunlik neft qazib olish hajmini 1 mln. barrelga kamaytiradi

'Saudiya Arabistoni kunlik neft qazib olish hajmini 1 mln. barrelga kamaytiradi 'ning rasmi

Saudiya Arabistoni kelasi yili kunlik neft qazib olish hajmini 1 mln. barrelga kamaytiradi, deb ta`kidladi The Sun nashri.

Bu haqda Saudiya energetika vaziri Xolid al-Folih Abu-Dabida bo`lib o`tayotgan 2018 xalqaro neft ko`rgazmasi va konferensiyasida ma`lum qildi. Vazir talab tushib borayotgani sababli Saudiya Arabistoni dekabrda neft qazib olishni noyabrdagi ko`rsatkichlarga nisbatan kuniga yarim million barrelga kamaytirishni rejalashtirayotganini ta`kidladi. Iyun oyida bo`lib o`tgan sammitda OPEK a`zolari va boshqa yirik neft eksportchilari neft qazib olishni kelgusi olti oy davomida kuniga 1 mln. barrelga oshirish haqida qaror qabul qilishgandi. Ammo o`tgan haftada Eron Ar-Riyod va Moskvaga neft qazib olishni kuniga 1 mln. barrelga kamaytirish talabi bilan chiqdi.

    Boshqa yangiliklar