Joriy yilning 15-30 noyabr kunlari Nukus shahri dehqon bozorida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Asalarichilar uyushmasi, “Aloqa” bank ATB hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi bilan birgalikda asal mahsulotlari savdo yarmarkasi – “Asal bayrami” tashkil etiladi. Bu haqda kruz.uz xabar berdi.
Mazkur tadbirda Qoraqalpog`iston Respublikasi shahar va tumanlarida mavjud asalarichilik bilan shug`ullanuvchi barcha dehqon va fermer xo`jaliklari ishtirok etadi.
Shuningdek, ushbu ishtirokchilar 2018 yilning 1-10 dekabr kunlari Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan asal bayramining yakuniy bosqichida ham ishtirok etadi.
Ayni paytda “Asal bayrami”ni o`tkazish bo`yicha tuzilgan guruh tomonidan tashkiliy ishlar davom etmoqda.






