AsosiyJamiyat

Piyodani o`limiga sababchi bo`lgan haydovchi qidirilmoqda

'Piyodani o`limiga sababchi bo`lgan haydovchi qidirilmoqda'ning rasmi

Toshkent viloyatining Angren shahrida 2018 yil 12 noyabr kuni noma`lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Appartak mahallasida joylashgan “Mubina Oil” AYoQSh oldida haydab ketayotib piyoda, shu mahallada yashagan U.A.ni urib yuborib voqea joyidan ketib qolgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada U.A. jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Ushbu yo`l-transport hodisasini sodir etgan noma`lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko`rilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar